O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi
Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyada bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi model sifatida e’tirof etildi.
Oliy Majlis Senatining xabar berishicha, Xalqaro mehnat konferensiyasining 113-sessiyasi doirasida 12-iyun – Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan maxsus konferensiya o‘tkazilgan.
Tadbirda Xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etayotgan 187 ta davlat orasida qisqa vaqt mobaynida bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay barham bergan davlat sifatida O‘zbekiston tajribasi namoyish qilindi.
Unda Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi T.Narbayeva “Bolalar mehnatiga barham berishda O‘zbekiston tajribasi” mavzusida ma’ruza qildi.
Milliy komissiya raisi o‘z ma’ruzasida mamlakatimizning bolalar mehnati va majburiy mehnatga nisbatan keskin pozitsiyasi hamda xalqaro hujjatlar, shu jumladan Xalqaro mehnat tashkilotining asosiy konvensiyalari va 29-sonli Konvensiyaga Bayonnoma ratifikatsiya qilingani sohaga oid islohotlarning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lganini ta’kidladi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya va Mehnat kodeksi esa bolalar mehnatiga tamoman chek qo‘yishga qaratilgani, har bir fuqaroning ijtimoiy himoyasini kafolatlash esa inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan davlat siyosatining markazidan joy olgani qayd etildi.
Konferensiya ishida O‘zbekistonda Xalqaro mehnat tashkilotining tegishli konvensiyalarini ratifikatsiya qilish, milliy qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, bolalar mehnati va majburiy mehnat uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, institutsional asoslarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholangan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazirlik “Yil o‘qituvchisi” natijalari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga yangi direktor tayinlandi
Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi
Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabda obuna va majburiy mehnat aniqlansa, direktor ishdan ketadi – Sirdaryo hokimi
Sirdaryo hokimi bunda direktor bilan birga majburiy mehnatga rozi bo‘lgan o‘qituvchi ham ishdan olinishini aytdi.
Yangiliklar
Bugundan boshlab maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat yuzasidan reydlar boshlanadi
Respublika bo‘yicha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida “Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi” e’lon qilindi.
Yangiliklar
O'qituvchilar yana paxta dalasiga qaytmoqda...mi?
Ota-onalarni paxta yig‘im-terimiga jalb qilish uchun pedagoglarga topshiriqlar berilmoqda
Maqola
Kaltak qachongacha maktab direktorlari boshida sinadi?
Maktab direktorlarini jarimaga tortish holatlari ko'paymoqda
O'zbek
Izohingizni tahrirlang