Xorijlik o‘qituvchilarga ko‘p oylik berilgani uchun mahalliy o‘qituvchilar ish tashlamoqchi
Istanbuldagi Italiya litseyida ishlovchi mahalliy va italiyalik o‘qituvchilar o‘rtasidagi maosh tafovutlari tufayli mahalliy o‘qituvchilar ish tashlashga chiqdi. Bu haqda Bianet.org nashri xabar bermoqda.
Bir xil ishni bajarib, bir xil yuklamaga ega bo‘lishiga qaramay, turkiyalik o‘qituvchilar italiyalik hamkasblariga nisbatan olti barobar kam maosh olayotganini aytmoqda.
Xabarda aytilishicha, Istanbulning Beyoğlu tumanida joylashgan xususiy Italiya litseyida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar bugundan ish tashlashni boshladi. Tez-Koop-İş kasaba uyushmasi bilan birgalikda o‘qituvchilar kuchli yomg‘ir ostida maktab binosi oldida to‘planishgan.
O‘qituvchilar maktabda ishlayotgan italiyalik hamkasblari bilan maosh, maqom va mehnat sharoitlari bo‘yicha keskin tafovut mavjudligini aytmoqda. Ularning ta’kidlashicha, “bir xil ishga — bir xil haq” talabi bajarilmagan va bir necha oy davom etgan muzokaralar samarasiz yakunlangan.
O‘qituvchilar nomidan so‘zga chiqqan Tez-Koop-İş kasaba uyushmasining Istanbul 5-son bo‘limi rahbari Selahattin Karakurt mahalliy o‘qituvchilar bayonotini o‘qib eshittirdi va ish tashlash faqat maosh masalasi bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.
“Bugun biz bu yerga faqat moddiy huquqlarimizni talab qilish uchun emas, balki poymol etilgan kasbiy sha’nimizni tiklash uchun ham keldik. Maktab ma’muriyatining befarqligi qarshisida aytadigan gaplarimiz ham tugadi. Endi bu yetarli emas — oxirgi so‘zni ish tashlash aytsin”, - dedi Selahattin Karakurt.
Uning aytishicha, kasaba uyushmasi deyarli ikki oy davomida muzokaralar stolida bo‘lgan, biroq maktab ma’muriyati 10-dekabrdan buyon muzokaralarni davom ettirish uchun birorta ham qadam tashlamagan. Ma’muriyat barcha muloqot kanallarini yopganini ta’kidlab, Karakurt ish tashlash konstitutsiyaviy va qonuniy huquq ekanini eslatdi.
Karakurtning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy o‘qituvchilar italiyalik hamkasblari bilan bir xil dars yuklamasi va akademik mas’uliyatni bajarishiga qaramay, olti barobargacha kam maosh olmoqda.
U shuningdek, so‘nggi to‘rt yil ichida o‘qish to‘lovlari yevro hisobida taxminan 300 foizga oshganini, o‘qituvchilar maoshi esa atigi 30 foizga ko‘tarilganini aytdi. Bu holat na axloqiy, na ma’naviy asosga ega emasligini ta’kidladi.
Karakurtning aytishicha, ma’muriyat mahalliy o‘qituvchilarni 2025-yilda 0 foiz, 2026-yilda 15 foiz, 2027-yilda esa maoshlarni oshirmaslikni taklif qilgan.
“Biz sadaqa so‘ramayapmiz. Biz o‘z haqimizni talab qilyapmiz. “Bir xil ishga — bir xil haq” tamoyili darhol, o‘xshash xorijiy maktablardagi maosh mezonlari asosida joriy etilishi kerak”, - deya ta’kidladi Karakurt.
U maktab ma’muriyatini o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilarning sha’nini inobatga olgan holda adolatli va barqaror yechim bilan muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi va biz bu darvoza oldidan g‘alaba qozonmaguncha ketmaymiz. Biz yechim tarafdorimiz, ammo qonuniy va adolatli kurashimizdan bir qadam ham ortga chekinmaymiz, deya ta’kidladi.
Karakurt, shuningdek, Ta’lim vazirligi va Tashqi ishlar vazirligini ham mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, o‘qituvchilarning kasbiy sha’nini himoya qilishga chaqirdi.
Turk tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Başak Baysallı Bianet nashriga bergan intervyusida ish tashlash o‘qituvchilar uchun juda og‘ir qaror bo‘lganini aytdi. U maktabdagi qariyb 50 nafar o‘qituvchining 20 ga yaqini turk fuqarolari ekanini aytib, jarayon ataylab cho‘zilayotganiga ishonishini bildirdi.
“Ular har narsaga e’tiroz bildiradi. Jarayonni ataylab cho‘zishyapti. Men buni bosim va holdan toydirish usuli deb bilaman. Maktabda hukmron kayfiyat shunday: “Agar yoqmasa, keting”, - deydi o‘qituvchi.
22 yillik pedagogik tajribaga ega Baysallı xususiy maktablarda mehnat huquqlarining buzilishi yangilik emasligini, biroq kasaba uyushmasi tuzish katta jasorat talab qilishini aytdi.
Uning aytishicha, bu kasbda uyushish juda qiyin. Qo‘rquvni yengish qiyin. Bir-biriga ishonish qiyin. Ammo ular bunga erishgan va bu xususiy maktablar orasida ko‘p yillardan beri ilk ish tashlash hisoblanadi. O‘qituvchining aytishicha, ish tashlashdagi eng og‘ir jihat — o‘quvchilardan ajralish bo‘lgan. O‘qituvchilar maktabni tark etayotganda o‘quvchilar ularni qarsaklar bilan kuzatgan.
“Hech birimiz o‘quvchilarimizdan ajralishni istamadik. Bu juda og‘ir bo‘ldi. Yo‘laklar o‘quvchilarga to‘ldi. Ular bizni qarsaklar bilan kuzatdi. Barchamiz ko‘z yosh to‘kdik. Bu hayotimdagi eng ta’sirli onlardan biri bo‘ldi”, - deydi o‘qituvchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alberta (Kanadaning janubi-g‘arbidagi provinsiya) o‘qituvchilari oylik oshirilmagani uchun ish tashlamoqchi bo‘lgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunbuzilish murojaatlari soni bo‘yicha “yetakchi” sohalardan biri deb topildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-sonli buyrug‘i imzolandi.
Yangiliklar
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ham tegishli taqdimnoma kiritilgan.
Yangiliklar
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayni mavzu muhokamasiga mehnat huquqi sohasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarni vazirlikka taklif qilib, masalani muhokama qildi.
Yangiliklar
Xorijiy til o‘qituvchilarining xursand bo‘lishiga hali erta...mi?
B2 sertifikatga ega bo’lmagan pedagoglarga 2025-yil yakuniga qadar (joriy oʻquv yilining 1-, 2-choraklari davomida) oʻz mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berildi. Ammo...
O'zbek
Izohingizni tahrirlang