Top.Mail.Ru
Vazir ustamasi yillik kvotasining 92 foizi umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari uchun ajratiladigan bo'ldi

Vazir ustamasi yillik kvotasining 92 foizi umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari uchun ajratiladigan bo'ldi

08:47 / 12.01.2024 1.64k
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 27-dekabr 576-sonli buyrugi bilan vazir jamgarmasi hisobidan 2024-2025-oquv yilida pedagoglarni qoshimcha ragbatlantirish togrisida korsatma berildi.

Buyruqqa kora vazir jamgarmasi hisobidan har oylik ustama tolanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan soni yaʼni — yillik kvota belgilanadi.

Bunda yillik kvotaning 92 foizi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga va 8 foizi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablari pedagog kadrlariga ajratilishi belgilandi.

Masalan, bu yil ham vazir jamgarmasi hisobidan ustama oladigan pedagoglar uchun yillik kvota 2000 ta belgilansa, shuni 160 tasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktab oqituvchilariga, 1840 tasi esa vazirlik tizimidagi umumiy orta taʼlim maktabi oqituvchilariga beriladi.

Eslatib otamiz, otgan yili kvotalar 2000 nafar etib belgilangan bolib, shundan 1697 nafar nomzod vazir ustamasiga tavsiya etilgan. 

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ustama
  • vazir jamg'armasi
  • rag'bat

Ulashish