Ta’til puli kechikib tushsa, har bir kechikkan kun uchun xodimga kompensatsiya to‘lanadimi?
Javob
Bu holatda Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi ta’til to‘lovlarini to‘lash muddatini buzgan taqdirda pulli kompensatsiya to‘lashi shart.
Ko‘pchilik ish beruvchi pulli kompensatsiya to‘lashi shart degan jumlani noto‘g‘ri talqin qilib, axir ish beruvchi maktab direktori bo‘lsa, ta’til puli kechikishiga direktor aybdor emas-ku, nega pulli kompensatsiyani u to‘lashi kerak deb ham savol beradi.
E’tibor bering, Mehnat kodeksining 19-moddasiga ko‘ra ish beruvchi – bu direktor emas, maktab hisoblanadi. Ya’ni, pulli kompensatsiyani direktor o‘z cho‘ntagidan emas, maktab (davlat budjeti) hisobidan to‘lab beradi.
Mehnat kodeksining 333-moddasi talablaridan kelib chiqib, xodimning ta’til puli miqdori (shartli ravishda) 6 million so‘m to‘lanishi kerak bo‘lsa, agar ushbu summa 10 kunga kechiktirilsa, har bir kechiktirilgan kun uchun quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
6 mln so‘mning 1.4 foizi 84 ming so‘m bo‘ladi.
Bu yerda, 1.4 foiz – bugungi kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 14 foizi bo‘lib, Mehnat kodeksining 333-moddasi talabi bo‘yicha 10 foizi olingan.
Shunga ko‘ra, ish beruvchi xodimga o‘n kun uchun 840 ming so‘m (shartli ravishda) pulli kompensatsiya to‘lashi lozim.
Mazkur pulli kompensatsiya xodimga to‘lab berilmagan taqdirda hududiy mehnat inspeksiyasiga yoki tumanlararo sudga murojaat qilish mumkin.
Izohlar 6
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
MMTB metodistiga necha kunlik mehnat ta’tili berilishi kerak?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi barcha tashkilotlar o‘zlarining jamoa shartnomasi va boshqa ichki hujjatlarini Tarmoq kelishuviga muvofiqlashtirishi va xodimlarga mehnat ta’tilini berishda har 5 yil umumiy ish staji (boshqa tashkilotdagilarni ham inobatga olib) uchun 2 kalendar kun (jami 8 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan) har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ham qo‘shib berishi kerak bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Ayrim pedagoglarga qo‘shimcha 4 kunlik ta’til beriladimi?
56 kun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan, 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor pedagog xodimlar MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tilni olishga haqli.
So'ragan edingiz
O‘qituvchi faqat yozda ta’tilga chiqishi shartmi?
Mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart degan talab yo‘q.
Yangiliklar
“Soatbay dars o‘tadigan pedagoglarga ham mehnat ta’tili berilishi kerak” — Saidali Muxtoraliyev
Saidali Muxtoraliyevning fikriga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan va soatbay haq to‘lash tartibini belgilovchi hujjat (3127-sonli) Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga zid bo‘lib, bu pedagoglarning mehnat ta’tili olish huquqini cheklab qo‘ymoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang