O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 48-bandida attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilanishi nazarda tutilgan.
Mazkur nizomning 47-bandiga ko‘ra attestatsiya jarayonlari yakunlanganidan so‘ng bir oy muddatda vazirlikning tegishli buyrug‘i (qarori) bilan attestatsiya natijalariga ko‘ra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan pedagog kadrlarning ro‘yxati tasdiqlanadi hamda ro‘yxatga asosan pedagog kadrlarga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar platforma orqali onlayn generatsiya qilinadi.
Bunda navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan yoki saqlangan, shuningdek, navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifasi (lavozimi) tushirilgan pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO dasturi hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.
Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.
Ma’lumki, har yili 1-iyulga va 1-yanvarga qadar yangidan tasdiqlangan malaka toifalari yoki lavozimlarga asosan pedagog kadrlarning oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilish ishlari amalga oshiriladi.
Demak, 86 ballik natija bilan malaka sertifikatini olgan, oliy hamda birinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
Ya’ni, pedagog xodimning malaka toifasi (lavozimi) qaysi sanadan boshlab saqlangan yoki oshirilgan bo‘lsa, xuddi shu sanadan boshlab ularning oylik ish haqlari qayta hisob-kitob qilib beriladi.
Odatda har safar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan pedagoglarga mazkur ustamalarni to‘lab berish va uning boshqa tartiblari bo‘yicha ko‘rsatma xat tayyorlanib, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga ham yuboriladi. Bu safar ham jarayonlar yakunlangandan so‘ng, bu bo‘yicha ko‘rsatmalar berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarorida xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi nazarda tutilgan.
Izohlar 15
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang