Toshkent viloyatida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berilayotgani aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, 21 yoshli va 43 yoshli ikki nafar ishsiz fuqaro noqonuniy diniy o‘qish tashkil qilganliklari fosh etildi.
Jumladan, 21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonlardan birida 31 nafar bolalarga, 43 yoshli fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.
Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.
Ma’lumot uchun: “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etish deganda bolani ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki litsenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlarga yoxud maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy ta’limni amalga oshirayotgan shaxslarga diniy ta’lim olish uchun topshirish tushuniladi.
MJtK 47-moddasi 3-qismiga ko‘ra ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o‘z bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Toshkent shahrida 3 yildan buyon maktabga bormay, diniy ta’lim olayotgan o‘quvchi aniqlandi
Toshkent va Farg‘ona shaharlarida bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish holatlari aniqlandi.
So'ragan edingiz
Bolalarni diniy ta’lim uchun o‘qishga berish taqiqlandimi?
Yaqinda eshitib qoldim, bolalarini diniy bilim olish uchun o‘qishga berganligi uchun ota-onalar ota-onalar qamalishi mumkin ekan. Shu to‘g‘rimi?
Yangiliklar
“Ta’lim tizimida diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” – diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi
Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi
Yangiliklar
Bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamoqqa olindi
Holat Surxondaryo viloyati Boysun tumanida aniqlangan
O'zbek
Izohingizni tahrirlang