“Dolzarb 90 kunlik” tadbiri uchun pedagoglar yakshanba kuni ham ishga chaqirtirilishi to‘g‘rimi?

Savol
Assalomu alaykum, menda savolim bor edi. Maktab xodimlarini yakshanba kunlari ishlatish haqida qaror chiqqanini aytib, dadamni majburiy tarzda dam olish kuni maktab direktori chaqirib olyapti.
Bu haqdagi qarorni topa olmadim. Iltimos, agar shunday qaror bor bo‘lsa, yubora olasizmi? Umuman olganda, yakshanba kunda ishlashga majbur qilish mehnat shartnomasida aytilmagan bo‘lsa, bu qonunan zid emasmi?
Maktab ishchilari ham odam, endi maktab tugaganiga dam olamiz deganda ishlatishga haqqi bormi?
Javob
Bunday qaror yo‘q. 2025-yil 15-may kuni Prezident rahbarligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda ta’limning barcha bosqichlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlar tarbiyasi va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi e’lon qilingan.
Bizga kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan bu yil pedagog va rahbar xodimlar mehnat ta’tiliga chiqmasligi, hatto ular haftaning yakshanba kunlari ham “Dolzarb 90 kun” tadbiri bo‘yicha ishlashi kerakligi haqida tinimsiz topshiriqlar berilmoqda.
Ammo bu mehnat qonunchiligiga zid
Mehnat kodeksining 209-moddasiga ko‘ra, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi.
Mehnat kodeksining 210-moddasiga ko‘ra, dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari xodimning roziligisiz ishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi. (Bundan alohida hollar mustasno)
Xodim dam olish kuni ishlashga o‘zi rozi bo‘lgan taqdirda MK 263-moddasiga ko‘ra, dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi kerak.
MK 214-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi: xodimlarga qonunchilikda kafolatlangan ta’tillar berishi, ta’tillar berish tartibiga rioya etishi shart. Chunki, ish yili tugaguniga qadar maktabdagi barcha xodimlar mehnat ta’tiliga chiqishi shart.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga ko‘ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha (3 million 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling:
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – +99871 200 06 00
- Bosh prokuratura – 1007;
- Adliya vazirligi – 1008;
- O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 1092
Izohlar 11
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Malaka toifasiga qo‘shimcha haq to‘lanmagan CHQBT o‘qituvchisi sudda yutib chiqdi

Yana 4 nafar o'qituvchi vazirlikni sudga bergani uchun bosimga uchragani aytilmoqda

Xorijiy til o‘qituvchilariga B2 sertifikati uchun avgust oyida qo‘shimcha imtihon o‘tkaziladigan bo‘ldi

Toshkentda maktab avtobuslarini ishga tushirish taklif qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Endi maktabdagi vakansiyalar haqida hisobot berish shart bo‘lmaydi
Shuningdek, bandlik organi yo‘llanmasi bilan bo‘sh ish o‘rniga kelgan nomzodni ishga qabul qilinmagan taqdirda, ish beruvchi sabab keltirishi shart bo‘lmaydi va buning uchun ish beruvchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimi mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilgan sohalardan biri deb topildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida 2024-yilda ishga tiklash, ish haqi undirish va boshqa mehnat nizolari bilan bog‘liq ishlar sudlarda ko‘rib chiqilgan.

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimiga o‘tayotgan 13 ta oliygoh xodimlari ishdan bo‘shatiladimi?
Tashkilotning idoraviy bo‘ysunuvi o‘zgarganligi xodimlar bilan mehnat munosabatlarini bekor qilishga asos bo‘lmaydi.

O'zbekistonda Ta'lim kodeksini qabul qilish taklifi berildi
Bu taklifni vazir Hilola Umarova ham qo'llab-quvvatladi
Izohingizni tahrirlang