Xorijiy til o‘qituvchisiga milliy sertifikat muddati tugagunicha 50 foiz ustama to‘lanadimi?
Savol
Maktabda ingliz tili o‘qituvchisiman. 2024-yil noyabrda multilevel C 1 milliy sertifikat olganman. Namangan viloyati Pop tumanida 2025-yil yanvar oyidan 50 foiz emas, 20 foiz ustama to‘laymiz, deyishdi.
Lekin Xorazm viloyati Xiva shahri maktablarida 2025-yil 1-yanvardan keyin olingan sertifikatlar uchun 20 foiz, undan oldin olingan sertifikatlar uchun muddati kelgunicha 50 foiz to‘lanadi deyilyapti. Qaysi biri to‘g‘ri?
Javob
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-sonli farmoniga ko‘ra Bilim va malakalarni baholash agentligining xalqaro standartlar talablariga javob bermaydigan milliy baholash tizimida chet tili bo‘yicha olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama quyidagicha to‘lanishi belgilangan:
- 2025-yil 1-yanvarga qadar — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
- 2025-yil 1-yanvardan boshlab — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida.
Shu sababli, 2025-yil 1-yanvardan milliy sertifikatga ega bo‘lgan xorijiy til o‘qituvchilariga to‘lanadigan 50 foizlik ustamalar 20 foizga tushirilgan.
Bunda xorijiy til o‘qituvchisi tomonidan olingan milliy sertifikat qachon olingani hamda muddati qachon tugashi ahamiyatsiz. Ya’ni, milliy sertifikat 2025-yilga qadar olingan bo‘lsa ham, yanvar oyidan boshlab faqat 20 foiz ustama to‘lanadi.
Ma’lumot uchun: Pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori bilan tasdiqlangan.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Kuzgi attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to‘lanishi haqida xalqtaliminfo.uz’ga o‘qituvchilar tomonidan savol yo‘llamoqda.
So'ragan edingiz
Ayrim o‘qituvchilar 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishi mumkinmi?
Bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lib qolsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Yangiliklar
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayni mavzu muhokamasiga mehnat huquqi sohasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarni vazirlikka taklif qilib, masalani muhokama qildi.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
O‘z faoliyatida ijobiy natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang